Bag‘dodda nima gaplar? Tumanga yangi hokim keldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Bag‘dod tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yusufjon Husayinov tuman hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Yusufjon Husayinov nomzodi Bag‘dod tuman Kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangan va tuman hokimi etib tayinlangan. 

Aytish joizki, 2021 yildan hozir kunga qadar Bag‘dod tumani hokimi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Vosiljon Nazarov esa lavozimidan ozod etilgan. Shuningdek, Vosiljon Nazarov boshqa lavozimga tayinlangan. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Yusufjon Husyainov 1983 yilda Toshloq tumanida tug‘ilgan. 2004 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2005 yildan iqtisodiyot tizimida ishlagan. 2020 yildan hozirgi kungacha viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing