Bogdan Guskovning UFCʼdagi debyut jangi ilk raunddayoq yakunlandi (video)

Sport

image

Kecha, 2 sentyabr kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida navbatdagi UFC Fight Night turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik MMA jangchisi Bogdan Guskov ham UFC tashkilotidagi debyut jangini o‘tkazdi.

Guskov promoushendagi ilk jangida shveysariyalik Volkan O‘zdemirga qarshi oktagonga ko‘tarildi.

5 daqiqadan 3 raundga mo‘ljallangan jang muddatidan oldin yakunlandi. O‘zbekiston vakiliga qaraganda ancha tajribali bo‘lgan Volkan O‘zdemir payt poyladi va hujum tashkil etdi. 

Guskov ketma-ket zarbalardan muvozanatni yo‘qotgach parterda sabmishenga tushib qoldi. Afsuski, shu tariqa 30 yoshli o‘zbekistonlik jangchi ilk raunddayoq bo‘g‘ish usuli bilan imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Ma’lumot uchun, Volkan O‘zdemir ushbu janggacha yarim og‘ir vazn toifasining 9-o‘rnini egallab turgandi.

Aytish joiz, Guskovning UFC bilan amaldagi shartnomasida yana 3 ta jangi bor.


Maqola muallifi

Teglar

Bogdan Guskov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing