Bog‘chalarda ta’til kunlari uchun to‘lov undirilmaydi
Jamiyat
−
22 yanvar 2023
8631Xabaringiz bor, respublikadagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’til kunlari 23-yanvarga qadar uzaytirilgan edi. Ta’tilning uzaytirilgan kunlari uchun esa bog‘cha to‘lovi undirilmaydi.
Bu haqda Maktabgacha ta’lim agentligi ma’lum qildi.
“2821-sonli Nizomga muvofiq, mazkur kunlar uchun esa bog‘cha to‘lovi undirilmaydi.
Agar ta’til e’lon qilingunga qadar to‘lovlar to‘langan bo‘lsa, unda keyingi to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida ta’til kunlari uchun to‘langan badal summasi hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi oyning to‘lov summasidan ayrilib tashlanadi”, deyiladi agentlik xabarida.
Shuningdek, agar bolaning bog‘chaga kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan joriy to‘lov miqdori bola kelmagan kunlari hisobidan kamaytiriladi.
Biroq, mazkur imtiyoz faqatgina davlat MTTlariga tegishli bo‘lib, Davlat xususiy sherikchiligi asosidagi hamda Oilaviy nodavlat MTTga qatnaydigan bolalarga to‘lanadigan ta’minot to‘lovi uchun ta’til kunlari hisobidan subsidiya ajratilmaydi.
LiveBarchasi