Bog‘cha bolalari oldida eridan kaltak yegan ayol tarbiyachimi? MTV javob berdi
Jamiyat
−
26 avgust 2022
13086Avvalroq, Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida fuqaro rashk sabab xotinini bog‘cha bolalari oldida bo‘g‘gani haqida xabar bergandik. Ushbu holat yuzasidan Maktabgacha ta’lim vazirligi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, kecha, 25 avgust kuni soat taxminan 17:00 va 18:00 oralig‘ida Quyi-Chirchiq tumanidagi "Lastochka" nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida MTTga umuman aloqasi bo‘lmagan shaxslar bolalar ko‘z o‘ngida janjallashgan.
Ushbu er-xotinning tortishuvi avvaliga ko‘chada boshlangan, so‘ng erini kaltagidan qochgan ayol, ko‘zi tushgan darvoza tomon qochib kirib yashirinmoqchi bo‘lgan, so‘ng er xotinini ketidan kirib janjalni NMTT ichida davom etgan.
Mazkur holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Vazirlikning alohida ta’kidlashicha, do‘pposlangan ayol NMTTda umuman ish faoliyatini olib bormagan.
LiveBarchasi