Boeing Ukraina uchun bomba yetkazib berishni taklif qildi

Olam

image

Pentagon Boeing kompaniyasining Ukrainaga Rossiya hududiga zarbalar berish uchun raketalarga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan kichik o‘lchamli bombalarni topshirish taklifini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda sanoatdagi manbalarga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, Boeing tomonidan taklif qilingan yerdan uchiriladigan kichik diametrli bomba tizimi Kiyevga 2023 yilning bahorida yetkazib berilishi mumkin. Tizim GBU-39 kichik diametrli bomba va M26 raketa dvigatelini o‘z ichiga oladi, ularning ikkalasi ham arzon va AQSHda ko‘p miqdorda saqlanadi. 

Ma’lum qilinishicha, yerdan uchiriladigan kichik diametrli bomba tizimining 150 kilometrlik parvoz masofasi Ukrainaga Rossiyaning chuqurlikdagi nishonlarini urish imkonini beradi.

Bomba GPS orqali boshqariladi, ba’zi elektron shovqinlarni bartaraf eta oladi. U ob-havoga chidamli va nishon ustida sirpanish imkonini beruvchi kichik buklanuvchi qanotlarga ega. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yerdan uchiriladigan kichik diametrli bomba tizimi 2019 yildan beri SAAB va Boeing tomonidan hamkorlikda yaratilgan. Bir nechta agregat allaqachon ishlab chiqarilgan, biroq ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qonuniy to‘siqlar, shuningdek, logistika va zarur ehtiyot qismlarni yetkazib berish bilan bog‘liq qiyinchiliklar mavjud.

Hozircha Boeing va Pentagon rasmiylari bunga izoh berishdan bosh tortgan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing