Bodikamerasiz xizmat o‘tagan YPX xodimiga chora ko‘rildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda “bodikamera”si ishlamayotgan YPX xodimi aks etgan video tarqalgandi. Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, xodim tomonidan xizmat davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda Ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyruqlari talablari buzilgani aniqlangan.

 Shu sababli, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi A.Akbarov va uning bevosita rahbarlariga nisbatan intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YPX Bodikamera

Baholaganlar

264

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing