Bobur Yo‘ldoshev, Shukurullo va Shohruxxon ham unvon oldi
Jamiyat
−
19:00 4052 11 daqiqa
Aktyor Bobur Yo‘ldoshev, qiziqchi Shukurullo Isroilov va xonanda Shohruxxon “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda bugun, 22 avgust kuni Prezident tegishli farmonni imzoladi.
Qayd etilishicha, ular mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlar samarasini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining ko‘p qirrali ijodiy va ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, yurtimizda ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jamiyatda tinchlik va totuvlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini saqlash, yoshlarni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun mukofotlangan.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan
- Shukurullo Ahmadqulovich Isroilov - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi badiiy so‘z ustasi;
- Bobur Bahodirovich Yo‘ldoshev - “Diydor yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi badiiy rahbari;
- Shohrux Alisherovich Yo‘ldoshev - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan
- Gulchehra Mannonovna Jamilova - O‘zbek Milliy akademik drama teatri faxriy aktrisasi
- Abdumalik Abduraimovich Madraimov - Andijon shahridagi “G‘ijjak Boburiy” oilaviy korxonasi rahbari, Andijon viloyati
- Shuhrat Mahmudovich To‘xtasimov - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan
- Yelena Yurevna Aslanova - Samarqand viloyati gimnastika turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi katta murabbiysi
- Vohidjon Omonovich Temirov - Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining yunon-rum kurashi bo‘yicha katta murabbiysi, Toshkent viloyati
“Imom Buxoriy” ordeni bilan
- Maxmud Ibodullayev - Payariq tumanidagi “Imom al-Buxoriy” jome masjidi faxriy imomi, Samarqand viloyati
- Zohid Mahmudovich Islomov - O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi professori
- Hamid Bahromovich Eshmatbekov - O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari
- Azizjon Dadajanovich Mansurov - O‘zbekiston musulmonlari idorasi Faxriylar kengashi raisi
- G‘ofur Razzoqov - Kogon tumanidagi “Bahouddin Naqshband” masjidi imom-xatibi, Buxoro viloyati
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
- Ravshan Rajabovich Ashurov - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti laboratoriya mudiri
- Toshxon G‘ofurovna G‘ulomova - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti laboratoriya mudiri
- Karimali Sadinovich Elmurodov - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filiali xirurgiya bo‘limi shifokori
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
- Ikrom Iskandarovich Abdullayev - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi
- Omon Boboqulovich Annaqulov - Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi murabbiysi
- Rustam Sxatbiyevich Assakalov - Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi
- Janat Xamidovna Ismailova - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori
- Nizomitdin Mamadaliyevich Maxmudov - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori
- Eduard Ustemirovich Nariyev - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazining Jizzax filiali bosh shifokori
- Jenisbek Burkitovich Piyozov - erkin ijodkor, opera xonandasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Karim Sultanov - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori
- Halim To‘rayev - Buxoro davlat universitetining Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi professori
- Oygul Kiyomovna Xatamova - Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Konimex tumani tez tibbiy yordam stansiyasi shifokori
- To‘lqin Mingbayevich Hayitov - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Temuriylar tarixi davlat muzeyi ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mudiri
“Do‘stlik” ordeni bilan
- Tatyana Muratovna Abadiyeva - Toshkent shahri 5-tumanlararo ftiziatriya dispanseri kattalar bo‘limi ftiziatri
- Omongul O‘runovna Avezdurdiyeva - Toshkent shahar turkman madaniy markazi raisi
- Rashid Tolipovich Galiyev - “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari tahririyati fotomuxbiri
- Lazizaxon Akramovna G‘ofurova - O‘zbekiston Milliy universitetining tuproqshunoslik kafedrasi professori
- Zuhriddin Islamshikov - O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi a’zosi
- Bo‘ri Xudayshukurovich Qodirov - Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i
- Kemal Yavuz Ataman - “Donishmand maslahat tashqi savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati va “Donishmand” yuridik byurosi direktori
- Mehriyo Anvarovna Koroli - Toshkent davlat texnika universitetining termodinamika va issiqlik texnikasi kafedrasi professori
- Valentin Olegovich Kudishkin - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti loyiha rahbari
- Larisa Georgiyevna Levteyeva - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi
- Isroil Modraximovich Madrimov - professional bokschi
- Normurod Gurbanovich Mamedov - Respublika tez tibbiy yordam markazining Qashqadaryo viloyati filiali Mirishkor tumani tez tibbiy yordam stansiyasi feldsheri
- Nilufar Jamshidovna Sotiboldiyeva - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi konsert dasturlari boshlovchisi
- G‘aybullo Mufitillo o‘g‘li Tursunov - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
- Asqar Nurbayevich Umbetayev - Qoraqalpog‘iston qozoq milliy madaniy markazi raisi
- Nilufar Talibjanovna Umirzakova - “O‘zbekiston” radiokanalining ma’rifiy, badiiy dam olish dasturlar muharririyati katta muharriri
- Aknazar Bekdurdiyevich Xasanov - Samarqand davlat universitetining differensial tenglamalar kafedrasi mudiri, Samarqand viloyati
- Radion Isekovich Soy - O‘zbekiston koreys madaniyat markazlari uyushmasi qoshidagi Koreya madaniyat saroyi direktori
- Tatyana Valerevna Chistopolova - “Slavutich” respublika ukrain madaniyat markazining Olmaliq shahar bo‘limi raisi
- Abdukarim Sharipov - Respublika tojik milliy madaniy markazining Jizzax viloyati bo‘limi raisi
I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
- Nodira Abdullayevna Mustofayeva - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi rahbari
- Zuhra Jandarovna Raxmankulova - Toshkent davlat tibbiyot universitetining neonatologiya kafedrasi professori
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
- Nazira Rahmonova - Xorazm viloyati bolalar kutubxonasi direktori
- Izatulla Raxmatullayev - Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining tibbiy va biologik-kimyo kafedrasi dotsenti, Farg‘ona viloyati
- Akram Olimovich Suyunov - Urgut tumanidagi 118-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
- Baxtiyor Rustamovich Xolmatov - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti direktori
- Sirojiddin Fayazovich Ergashev - Farg‘ona davlat texnika universitetining elektronika va asbobsozlik kafedrasi professori, Farg‘ona viloyati
I darajali “Salomatlik” ordeni bilan
- To‘raqul Narziqulovich Arziqulov - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali neyroxirurgiya bo‘limi mudiri
- Xudoyshukur Bo‘ronovich Boboqulov - Qumqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining tumanlararo perinatal markazi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
- Raxima Abdishukurovna Mavlyanova - Olmaliq shahridagi oilaviy poliklinikasi bo‘lim mudiri, Toshkent viloyati
- Ilxom Nurmurodovich Maxmudov - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy klinik shifoxonasi bo‘lim mudiri
- Nemat Kayumovich Olimov - Toshkent farmatsevtika institutining farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi mudiri
- Xurshidbek Xamidullayevich Rayimjonov - Baliqchi tumanidagi “Chinobod fayz plyus” shifoxonasi rahbari, neyroxirurg, Andijon viloyati
- Yaxiya Mamutjanovich Saliyev - Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filiali shifokori
- Ten Lyubov Vasilevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘iston filiali jonlantirish bo‘limi anesteziolog-reanimatologi
- Telmon Temirovich To‘rayev - Buxoro davlat tibbiyot institutining 1-pediatriya kafedrasi dotsenti, Buxoro viloyati
- Nazira Shukurovna Turayeva - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati hududiy filiali bo‘lim mudiri
- Habibullo Fayzullayevich Shomurodov - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti bosh ilmiy xodimi
“Sog‘lom turmush” medali bilan
- Shahlo G‘aniyevna Aslonova - Romitan tumani tibbiyot birlashmasining tumanlararo perenatal markazi neoreanimatsiya bo‘limi mudiri, Buxoro viloyati
- Ulug‘bek Muzafarovich Jalolov - Kitob tumanidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
- Farxod Abdullayevich Iskandarov - Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining intervension kardiologiya bo‘limi rentgenoxirurgi
- Dilfuza Ibragimjanovna Ismoilova - Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahar tibbiyot birlashmasining ichki kasalliklar bo‘limi katta hamshirasi, Andijon viloyati
- Munavvar Kamilovna Rashitova - Xiva shahar tibbiyot birlashmasining 1-oilaviy poliklinikasi oila shifokori, Xorazm viloyati
- Komilaxon Turayevna Tashmatova - “Bolajon” telekanalining teleloyihalar ishlab chiqarish muharririyati bosh muharriri
- Zamira Kaxarovna Xaydarova - Samarqand tumani sog‘liqni saqlash bo‘limining 3-oilaviy poliklinikasi mudiri, Samarqand viloyati
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
- Abdurashid Dilshod o‘g‘li Abdukarimov - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining shifokor-xirurgi
- Doniyor Muxtor o‘g‘li Abdurazoqov - Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi, Sirdaryo viloyati
- Diana Daniyar qizi Baxtiyarova - Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘qituvchisi
- Xudiyar Baxtiyarovich Yeraliyev - Mo‘ynoq tumani sport maktabining futbol bo‘yicha murabbiysi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Diyorbek Nozim o‘g‘li Ismatov - Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi, Sirdaryo viloyati
- Otabek Odiljon o‘g‘li Isroilov - O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahri “Mash’al” ijtimoiy-siyosiy gazetasining bosh muharriri, Toshkent viloyati
- Dilmurod Zarifboy o‘g‘li Rustamov - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi
“Shuhrat” medali bilan
- Mira’zam Mirodil o‘g‘li Abdullayev - Shoyxontohur tumanidagi “Englify” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, ijtimoiy tarmoqlardagi “Teacher Azam” sahifasi asoschisi, Toshkent shahri
- Ravshan Ruzimurodovich Abdiraxmonov - Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Xatirchi tumani tez tibbiy yordam stansiyasi haydovchisi
- Shaxloxon Qodirjonovna Abidova - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Namangan” radiokanali informatsion, ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy va ko‘ngilochar dasturlar muharririyati sharhlovchisi
- Guljaxan Fayzullayevna Ametova - Nukus shahridagi 14-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Dilshodbek Qobilovich Askarov - “Vodiy1.uz” tahririyati muharriri
- Nuriddin Shamsiddinovich Baxritdinov - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali yurak-qon tomir jarrohlik bo‘limi jarrohi
- Nuriddin Saidkosimovich Bosimov - Zarbdor tumandagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
- Yulduz Ismoilovna Gaybullayeva - Uchquduq tumanidagi 10-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Navoiy viloyati
- Farangiz Bayotovna G‘aniyeva - Buxoro tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
- Umidjon Ilxomovich G‘ofurov - Mirobod tumanidagi “Thebase” xususiy korxonasi rahbari, ijtimoiy tarmoqlardagi “Troll.uz” loyihasi asoschisi, Toshkent shahri
- Diloram Baxadirovna G‘ofurova - O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi
- Kakimbek Daryabayevich Yeshmuratov - Qorao‘zak tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Dilnoza Mirxojidinovna Jamolitdinova - Qo‘qon davlat universitetining gumanitar fanlar va tillar fakulteti dekani, Farg‘ona viloyati
- Alimjon Usarovich Jurayev - Zangiota tumanidagi “Zangiota” masjidi mutavallisi, Toshkent viloyati
- Sharifjon Ganidjanovich Islamov - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fond mudiri
- Maxliyoxon Xabibullo qizi Ismoilova - Oltiariq tumanidagi 89-oilaviy poliklinikasi katta hamshirasi, Farg‘ona viloyati
- Saidaziz Saidnabi o‘g‘li Ishanxodjayev - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi o‘rinbosari
- Muzafar Kuvondikovich Karimov - Yengil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiysi
- Faxridin Umarovich Karshiyev - Termiz davlat universitetining texnologik ta’lim kafedrasi professori, Surxondaryo viloyati
- Andrey Nikolayevich Kiskin - Guliston shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
- Shoxistaxon Sadridinovna Musayeva - Uchqo‘rg‘on tumani 4-texnikumi direktori, Namangan viloyati
- Abduxamid Abduaxatovich Muxtarov - O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi direktori
- Furqat Abdug‘aniyevich Nurmamatov - Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi dotsenti, Surxondaryo viloyati
- Zokir Pardayevich Rasulov - O‘zbekiston davlat sport akademiyasining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
- Jalol Azamatovich Rahmatov - Shahrisabz tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fransuz tili fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
- Gulbaxor Tashpulatovna Rixsiyeva - Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi kichik tibbiy xodimi
- Aysha Atabayevna Sabirova - Respublika bolalar ftiziatriya va tayanch harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi markazi laboranti
- Mirxan Mirgaziyan Sagitov - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi marafonlarni tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i
- Sevaraxon Abdukarimovna Sobirjonova - Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
- Salohiddinxo‘ja Ulug‘bek o‘g‘li Sur’atxo‘jayev - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi loyihani ishlab chiqarish va amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i
- Sarvarbek Kenjaboyevich Turayev - “Surxondaryo viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining “Surxondaryo telekanali” muharririyati bosh muharriri
- Kaxraman Izatullayevich Turakulov - “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi
- Gulnoz Iskandarovna Xalliyeva - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining jahon adabiyoti kafedrasi mudiri
- Muyassar Eshmurodova - Nurota tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi kardiologi, Navoiy viloyati
- Elyor Turgunpulatovich Yuldashev - “Namangan International University and School” nodavlat ta’lim muassasasi direktori, Namangan viloyati
- Baxodirjon Jaloldinovich Yunusov - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi.
Live
Barchasi