Bobur Yo‘ldoshev otasining lavozimini egalladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Davlat Yoshlar teatri oliy toifali aktyori  Bobur Bahodirovich Yo‘ldoshev “Diydor” yoshlar teatriga rahbar etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Bobur Yo‘ldoshev 1979 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. O‘zbekiston Yoshlar teatri qoshidagi dramatik san’at maktab-studiyasini tugatgan. 2003 yilda Toshkent Davlat san’at institutining “Drama teatri va kino aktyorligi” fakultetini tamomlagan va shu teatrda 26 yildan buyon faoliyat olib boradi.

Mehnat faoliyatini 1995 yilda Yoshlar teatrining yordamchisi vazifasidan boshlagan. Teatrdagi faoliyati davomida aktyor 40 ga yaqin esda qolarli rollarni ijro etgan.

1998 yildan buyon teatr bilan birga kino va televideniye yo‘nalishida ham ijodiy faoliyatini olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, “Diydor” yoshlar teatrining sobiq rahbari va asoschisi marhum sanatkor Bahodir Yo‘ldoshev edi. U Xalq artisti Bobur Yo‘ldoshevning otasi hisoblanadi.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

2155

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing