Bobonov PSJ tarkibida Yevropa Chempionlar Ligasiga yo‘l oldi
Sport
−
13 dekabr 2021
12966Tokio Olimpiadasi sovrindori, o‘zbekistonlik dzyudochi Davlat Bobonov Fransiyaning PSJ klubi bilan shartnoma imzoladi va parijliklar tarkibida Chexiyaning Praga shahrida o‘tgan Yevropa Ligasida ishtirok etdi.
Yulduzli dzyudochilardan tashkil topgan jamoa Yevropa Ligasi finalida “Sent Jenevev” klubini 4:1 hisobida taslim etdi va yangi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. 90 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Bobonov raqibini qiyinchiliksiz mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medal uchun munosib hissa qo‘shdi.
Eslatib o‘tamiz, 28 noyabr kuni BAA mamlakati poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi so‘nggi musobaqada Davlat Bobonov bronza medali uchun kechgan bahsda aynan fransiyalik Fransis Damiyerga qarshi tatamiga chiqib, uni “ippon” bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 21-23 dekabr kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi.
LiveBarchasi