BMTda Rossiya rezolyutsiyasi qabul qilindi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi kecha, 15 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Rossiya tomonidan taqdim etilgan “Natsizm, neonatsizm va irqchilik, irqiy kamsitish, ksenofobiya va ular bilan bog‘liq bo‘lgan murosasizlikning zamonaviy shakllarining kuchayishiga yordam beruvchi boshqa amaliyotlarni ulug‘lashga qarshi kurash” rezolyutsiyasini qabul qildi. Bu haqda TASS xabar berdi. 

120 davlat yoqlab ovoz berdi, 50 davlat qarshi, 10 davlat betaraf qoldi. 

Bu har yili ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan an’anaviy rus rezolyutsiyasi. Matnning hammualliflari, xususan, Ozarbayjon, Belarus, Venesuela, Vetnam, Kambodja, Shimoliy Koreya, Kuba, Laos, Mali, Nikaragua, Pokiston, Suriya, Sudan, Markaziy Afrika Respublikasi, Ekvatorial Gvineya va Janubiy Afrika. 

Rezolyutsiyada natsistlar harakati,  neonatsizm va “Vaffen SS” tashkiloti (qo‘riqlash bo‘linmalarining harbiy qismlari)ning sobiq a’zolari har qanday shaklda ulug‘lanayotganidan, shu jumladan, yodgorliklar qurish va natsistlarning o‘tmishini, natsistlar harakati va neonatsizmni ulug‘lash uchun ommaviy namoyishlar o‘tkazish shaklidan chuqur xavotir bildirilgan. 

Hujjat davlatlarni ayniqsa natsizm, neonatsizm va xolokostni inkor etishni ta’minlash maqsadida irqchilik, irqiy kamsitish, ksenofobiya va ular bilan bog‘liq murosasizlikka barham berish bo‘yicha milliy harakatlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga chaqiradi. 

Shuningdek, u davlatlarga natsistlar rejimi, uning ittifoqchilari va ular bilan bog‘liq tashkilotlarni tantanali ravishda nishonlashni taqiqlash bo‘yicha tavsiyani qayd etadi. Bundan tashqari, Ikkinchi jahon urushi yillarida natsizmga qarshi kurashganlar sharafiga o‘rnatilgan yodgorliklarni tahqirlash yoki vayron qilish, shuningdek, ularning jasadlarini noqonuniy eksgumatsiya qilish yoki boshqa joyga ko‘chirishga urinishlar va holatlar ko‘payib borayotganidan chuqur tashvish bildirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing