BMT va Buyuk Britaniya iqlim o‘zgarishi mavzusida sammit o‘tkazadi

Olam

image

Joriy yilning 12 dekabr kuni Buyuk Britaniya va Birlashgan Millatlar Tashkiloti iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash mavzusida sammit o‘tkazadi.

BMT Matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuv Parijda iqlim to‘g‘risida imzolangan bitimning besh yilligiga to‘g‘ri keladi. 

"So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, zararli gazlar konsentratsiyasi rekord darajaga yetgan. Shu munosabat bilan 12 dekabr kuni o‘tkaziladigan sammitda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson hamraislik qiladi", deyilgan BMT xabarida. 

Tashkilot tadbir yuzma-yuz yoki virtual shaklda o‘tkazilishiga aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, Parij bitimi 2015 yil 12 dekabrda Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Asosiy Konvensiyaning 21 konferensiyasidan so‘ng qabul qilingan. Hujjat, xususan, zararli gazlar konsentratsiyasini kamaytirishni nazarda tutadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing