BMT Ukrainada halok bo‘lgan tinch aholi sonini e’lon qildi

Olam

image

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Ukrainadagi tinch aholi qurbonlari bo‘yicha yangilangan statistik ma’lumotlarni e’lon qildi. Kecha, 8 may kuni tegishli hisobot rasmiy saytga joylandi.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 24 fevraldan 2023 yil 8 maygacha Ukrainada 8791 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, 14 815 nafari yaralangan.

Qurbonlar orasida 3977 erkak, 2367 ayol, shuningdek, voyaga yetmagan 271 o‘g‘il, 217 nafar qiz bola ham bor. Kattalardan 1928 nafar, bolalardan esa 31 nafarining jinsini aniqlab bo‘lmagan. Yaralanganlar orasida esa 4088 erkak, 2730 ayol, 433 o‘g‘il, 309 qiz bor.

BMT statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Donbassning Ukraina nazorati ostidagi qismida 4010 kishi halok bo‘lgan, 5636 kishi jarohatlangan. Rossiya tomonidan nazorat qilinadigan (tan olinmagan) DXR va LXR hududlarida 692 kishi halok bo‘lgan, 2382 kishi yaralangan.

Keng radiusli portlovchi qurollardan foydalanish paytida tinch aholining aksariyati jabr ko‘rgan – 7297 kishi halok bo‘lgan, 14 022 kishi yaralangan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko‘ra, haqiqiy ko‘rsatkichlar ancha yuqori bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Ukraina Qurbonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing