BMT sudyasi yosh ayolni qullikka majburladi

Olam

image

Oksford qirollik sudi BMT Xalqaro sudi sudyasi Lidiya Mugambeni ugandalik yosh ayolni qullik mehnatiga majburlashda aybdor deb topdi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Uganda Oliy sudining ham sudyasi bo‘lgan 49 yoshli Mugambe Uganda oliy komissari o‘rinbosari Jon Leonard Mugerva bilan yosh ayolning Buyuk Britaniyaga kelishini tashkillashtirish uchun “noqonuniy til biriktirgan”.

Tergovda aniqlik kiritilishicha, Mugambe yosh qizni Buyuk Britaniyada bepul ishlashga va bolalariga qarashga majburlagan, uning huquqiy savodsizligidan foydalanib, mamlakatga kelish maqsadi haqida yolg‘on gapirgan.

Sud hujjatlariga ko‘ra, Mugambe “o‘z hayotini eng kam xarajatlar bilan yengillashtirish uchun kimnidir qo‘lga kiritishni” xohlagan. Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, ismi oshkor etilmagan Uganda fuqarosi tom ma’noda qullikka tushib qolgan. Prokurorlarning ta’kidlashicha, Mugambe o‘z mavqeidan foydalangan va jabrlanuvchiga doimiy ishga joylashishga ruxsat bermagan.

Mugambe ayblovlarni rad etib, qizga mehr va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lganini da’vo qilgan.

Kecha, 13 mart kuni Mugambe bir nechta ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topildi: Buyuk Britaniya immigratsiya qonunini buzish, ekspluatatsiya qilish, majburiy mehnat va guvohni qo‘rqitish maqsadida sayohatni tashkil qilish.

Xalqaro sud veb-saytidagi sudyalarning profiliga ko‘ra, Mugambe 2023 yil may oyida ushbu organning sudyalari ro‘yxatiga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qullik BMT Xalqaro sudi Lidiya Mugambeni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing