BMT Livanga tergovchilar guruhini yuboradi

Olam

image
Birlashgan Millatlar Tashkiloti maxsus komissiyasi kelasi hafta Livandagi urushda qaysi tomon xalqaro qonunlarni buzganini tekshirish maqsadida tergovchilar guruhini jo‘natadi. Bu haqda bugun, 10 iyun kuni BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tergovchilar guruhi Livandagi hozirgi urush davomida tomonlar xalqaro huquq normalarini buzgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi holatlarni baholaydi. Ular fuqarolarga qarshi hujumlar bo‘lganmi, tinch aholi ob’ektlari nishonga olinganmi, harbiy jinoyatlar sodir etilganmi, shu kabi masalalarni tekshiradi.

Ma’lumot uchun, Livan joriy yilning 2 mart kuni Yaqin Sharq mojarosiga to‘laligicha kirgan. O‘shanda Eron qo‘llab-quvvatlaydigan “Hizbulloh” guruhi AQSH va Isroil hujumi ostida bo‘lgan Eron bilan hamjihatlik belgisi sifatida Isroilga raketa zarbalari bergan. Bunga javoban Isroil yirik havo va quruqlik harbiy operatsiyasini boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 9 iyun kuni o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Yaqin Sharqdagi mojaroning keskinlashishi munosabati bilan yangi bayonot bergandi va tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgandi.

U, shuningdek, Isroilning G‘azo sektoriga olib boruvchi nazorat-o‘tish joylarini yopish qaroridan chuqur tashvishda ekanligini aytib, xalqaro huquqqa muvofiq, kemalarning suzish huquqi va harakatlanish erkinligi hurmat qilinishi shartligini qayd etgandi.
 

Maqola muallifi

Teglar

BMT Livan Fol'ker Tyurk tergovchilar guruhi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing