BMT kortejida bo‘lgan Italiya elchisi qo‘riqchi va haydovchisiga qo‘shib o‘ldirildi

Olam

image

Italiyaning Kongo Demokratik Respublikasidagi elchisi Luka Attanazio bugun, 22 fevral kuni isyonchi guruhlar joylashgan hududda BMT karvoniga qilingan hujumda o‘ldirildi. Bu haqda “Associated Press” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu hodisa Kongo poytaxti Kinshasadan uncha uzoq bo‘lmagan hududda yuz bergan. Hujumda Italiya elchisidan tashqari, uni qo‘riqlayotgan italiyalik karabiner politsiyasi xodimi va avtomobil haydovchisi ham otib o‘ldirilgan.



Xabarga ko‘ra, elchi o‘ldirilgan hudud mahalliy aholi orasida “Uch Antenna” deb nomlanadi va ushbu hududda 2018 yil ikki britaniyalik fuqaro noma’lum qurolli shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

Yevropa Ittifoqining Tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Jozep Borrel bugun, 22 fevral kuni Bryusselda o‘zi raislik qilayotgan yig‘ilishda Ittifoq Tashqi ishlar vazirlariga voqea to‘g‘risida ma’lumot bergan hamda Italiya va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga hamdardlik bildirgan.

“Bu xabar nihoyatda tashvishga solmoqda va biz Kongoda YeI Delegatsiyasi bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqdamiz”, deydi Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Matbuot kotibi Nabila Massrali.

Ma’lumot o‘rinda, Kongoning sharqiy qismida minerallarga boy yerni nazoratga olish uchun kurashayotgan isyonchi guruhlar joylashgan.

O‘tgan 2020 yilda Kongoning sharqida qurolli guruhlar tomonidan qilingan zo‘ravonlik oqibatida 2000 dan ortiq tinch aholi o‘ldirilgan. Bunday shafqatsiz hujumlar millionlab odamlarni o‘z uylarini tark etishiga olib kelgan. Bu voqealarni BMT eng yomon gumanitar inqirozlardan biri sifatida ta’riflaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi BMT elchi Kongo hujum

Baholaganlar

452

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing