BMT Xavfsizlik Kengashini isloh qilish kerak – Bayden 

Olam

image

Vashington ma’muriyati BMT Xavfsizlik Kengashini dunyodagi hozirgi vaziyatga ko‘proq mos kelishi uchun isloh qilish tarafdori. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden bugun, 24 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkdagi 79-sessiyasidagi umumiy siyosiy muhokamalar doirasidagi minbarda so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

"Men birgalikda harakat qilishimizni xohlayman. Buning uchun biz kuchliroq, samaraliroq va qamrab oluvchi Birlashgan Millatlar Tashkilotini qurishimiz kerak. BMT moslashishi va yangi ovozlar va yangi istiqbollarni olib kelishi kerak. Shuning uchun biz BMT Xavfsizlik Kengashini isloh qilish va uning a’zolari sonini oshirish tarafdorimiz”, deydi u. 

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘zgarishlar "kechagi dunyoni emas, balki bugungi dunyoni aks ettirishi kerak".

"Davom etish vaqti keldi. Xavfsizlik Kengashi, xuddi Birlashgan Millatlar Tashkilotining o‘zi kabi, yana bir bor tinchlik o‘rnatish, urushlar va azob-uqubatlarni tugatish va eng xavfli qurollarning tarqalishini to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlarga erishishi kerak”, deya qo‘shimcha qildi Amerika rahbari.

Qayd etish joizki, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ham kecha, 23 sentyabr kuni Vashington BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilish bo‘yicha muzokaralarni zudlik bilan boshlash tarafdori ekanini aytgan.

Amerika tashqi siyosat departamenti rahbari, xususan, Qo‘shma Shtatlar ikki Afrika davlati va Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlariga isloh qilingan BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi maqomini berishni zarur, deb bilishini tushuntirgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an BMTning harakatsiz va ishlamaydigan tashkilotga aylangani va islohotga muhtojligini aytgan va BMT samarasizligining eng dramatik misoli G‘azo sektorida 353 kundan beri davom etayotgan qirg‘in ekanini ta’kidlagandi.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh BMT Jo Bayden BMT Xavfsizlik Kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing