BMT Qozog‘istondan mahbuslarni ozod qilishni talab qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘istonda kecha, 11 yanvar holatiga ko‘ra, 10 mingdan ortiq odam hibsda saqlanmoqda. Hukumat faqat tinch namoyishlarda qatnashgan fuqarolarni zudlik bilan ozod qilishi kerak. Bu haqda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi vakili Liz Trossel ma’lum qildi.

BMT vakiliga ko‘ra, odamlar faqat tinch namoyishlarda qatnashish va o‘z pozitsiyasini bildirish huquqidan foydalangani uchun hibsga olinmasligi lozim. 

"Faqat o‘z huquqlaridan foydalangani uchun hibsga olinganlar zudlik bilan qo‘yib yuborilishi kerak. Olma-otadagi yonib ketgan binolar tasvirini inobatga olsak, ayrim shaxslar jinoyatda ablanib, qo‘lga olingan, deb taxmin qilish mumkin", dedi Trossel.

Shuningdek, Liz Trosselning so‘zlariga ko‘ra, Ombudsman qamoqda saqlash joylariga borishi, mahbuslarga nisbatan qiynoqlar va shafqatsiz munosabatlarining oldini olish uchun imkoniyat berilishini ta’minlashi kerak. 

Qozog‘iston rasmiylari tartibsizliklar chog‘ida 18 nafar huquq-tartibot xodimi halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Biroq, namoyishlar orasida o‘lim holatlari bilan bog‘liq ma’lumotlar hali tayin emas.

“Hozirda barcha o‘limlar bo‘yicha zudlik bilan, mustaqil va xolis tergov o‘tkazilishini ta’minlash juda muhim. Bu odamlar xavfsizlik kuchlari tomonidan nomutanosib ravishda kuch ishlatish oqibatida halok bo‘lganmi yoki yo‘qligini aniqlash lozim”, dedi BMT vakili.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

305

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing