BMT qirg‘in uchun Isroil va HAMASni birdek aybdor qildi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari kengashi tomonidan tashkil etilgan mustaqil xalqaro komissiya 2023 yil 7 oktyabrdan buyon davom etayotgan janglarda sodir etilgan qotilliklar va zo‘ravonliklar uchun Isroil va Falastinning HAMAS guruhi a’zolari mas’ul ekanini aniqladi. Bu haqda uning raisi Navi Pilley (Janubiy Afrika) Inson huquqlari kengashi 56-sessiyasida komissiyaning navbatdagi hisobotini taqdim etar ekan, ma’lum qildi. 

Uning ta’kidlashicha, Isroil hukumati harbiy jinoyatlar, insoniyatga qarshi jinoyatlar va xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlarini buzish, jumladan qirg‘in qilish, tinch aholi va fuqarolik ob’ektlariga qasddan hujum qilish, qotillik yoki qasddan o‘ldirish, ochlikdan o‘ldirish usuli sifatida foydalanish, urush, zo‘ravonlik bilan ko‘chirilish, falastinlik erkaklar va o‘g‘il bolalarning jinsiga asoslangan ta’qiblar, qiynoqlarga teng jinsiy va jinsga asoslangan zo‘ravonlik va shafqatsiz yoki g‘ayriinsoniy munosabat uchun javobgardir.

Pilleyga ko‘ra, o‘z navbatida, HAMAS va boshqa Falastin qurolli guruhlari tinch aholiga qasddan hujumlar, qotillik, qiynoqlar, g‘ayriinsoniy yoki shafqatsiz munosabatda bo‘lish, dushman mulkini yo‘q qilish yoki tortib olish, shaxsiy qadr-qimmatga hujum qilish va asirlarni garovga olishdan iborat urush jinoyatlari uchun javobgardir.

2021 yilda Inson huquqlari kengashi tomonidan tashkil etilgan komissiya raisi qamalni zudlik bilan va to‘liq tugatish, barcha mahbuslarni, shu jumladan barcha isroillik garovga olinganlarni ozod qilish va Falastin qurolli guruhlari tomonidan Isroilni beg‘araz o‘qqa tutishni to‘xtatishga chaqirdi. Pilley barcha jinoyatlar bo‘yicha tergov davom etishini aytdi. 

18 iyundan 12 iyulgacha Jenevada Inson huquqlari kengashining 56-sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda, xususan, Afg‘oniston, Myanma, Ukraina va Isroil tomonidan bosib olingan Falastin hududlaridagi huquq va erkinliklar sohasidagi vaziyat o‘rganiladi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Isroil HAMAS G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing