BMT Isroilning Al-Aqso masjidi o‘rnida sinagoga qurish taklifini qoraladi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin hududidagi inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Francheska Albaneze Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi o‘rnida sinagoga qurish taklifini qoraladi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi.

“Falastinlik musulmonlar Al-Aqso masjidiga kirish huquqidan foydalangan holda Ramazon namozini o‘qish uchun yig‘ilganda Isroil hukumati ularga nisbatan ochiqchasiga haddan tashqari va asossiz kuch ishlatgan. Isroillik ko‘chmanchilarning Xevrondagi Ibrohimiy masjidi bilan sodir bo‘lganidek, masjidni buzib tashlash yoki majmuaning to‘liq yoki bir qismini majburan sinagogaga aylantirish istagi falastinliklar orasida chuqur xavotir uyg‘otmoqda”, deydi ma’ruzachi.

Shuningdek, BMT eksperti xalqaro hamjamiyatni vaziyat nazoratdan chiqib ketgunga qadar Isroilni bosib olingan hududdagi nomaqbul xatti-harakatlari uchun javobgarlikka tortish sa’y-harakatlarini kuchaytirishga chaqirdi.

 "Bunday qilmaslik adolatsizlik va jazosizlik madaniyatini kuchaytiradi va davom ettiradi", dedi Albaneze.

Ma’lumot uchun, oldinroq Falastin rahbariyati Isroil hukumatini falastinliklar va Isroil politsiyasi o‘rtasida davom etayotgan to‘qnashuvlar fonida Quddusda keskinlik va beqarorlik muhitini yaratayotganlikda ayblagan. Ma’bad tog‘idagi shiddatli to‘qnashuvlar ikki kecha davom etdi, politsiya kuchlari ularni evakuatsiya qilishga urinar ekan, namozxonlar Al-Aqso masjidining ichida to‘siq o‘rnatdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 avgust kuni BMT Xavfsizlik Kengashining Yaqin Sharqdagi kelishuv bo‘yicha yig‘ilishida Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi Riyod Mansur xalqaro tashkilotning Xavfsizlik Kengashi a’zolarini Falastin Prezidenti Mahmud Abbosga qo‘shilishga va anklavdagi fojia ko‘lamini shaxsan baholash uchun G‘azo sektoriga borishga chaqirgandi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Al-Aqso BMT Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made