BMT Eron atomi bo‘yicha vaziyatdan xavotirda

Olam

image
0:00
0:00
download

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Eron yadro dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi bo‘yicha muzokaralar yaxshi ketmayotganidan xavotirda va tomonlarni muhokamani davom ettirishga undaydi. Bu haqda kecha, 5 iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon tashkiloti bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi. 

“Muzokaralar ijobiy tomonga siljimayotgani katta tashvish uyg‘otadi. Biz har doim qo‘shma kompleks harakatlar rejasini, bu jarayonni qo‘llab-quvvatlab kelganmiz. Biz kelishuv juda foydali vosita bo‘lganiga ishonamiz. Umid qilamizki, tomonlar muhokamani davom ettiradilar. Biz yana bir bor Eronni MAGATE (Xalqaro atom energiyasi agentligi) bilan tuzilgan kelishuvlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqiramiz”, deydi Dyujarrik.

AQSH va Eron o‘rtasida yadroviy kelishuvni qayta tiklash bo‘yicha bilvosita muzokaralar o‘tgan hafta Dohada boshlandi. 29 iyun kuni muzokaralar koordinatori, Yevropa Ittifoqi tashqi xizmatining siyosiy direktori Enrike Mora tomonlar kutgan muvaffaqiyatga erisha olmaganini aytdi. Shu bilan birga, Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan 30 iyun kuni Tehron Doha raundiga ijobiy baho berishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuvni tiklash vazifasi “AQSH realizm ko‘rsatsa” amalga oshishi mumkin. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi va Germaniya 2015 yilda Eron bilan yadroviy dastur bo‘yicha inqirozni hal qilish uchun yadroviy kelishuvga erishgan edi. AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp 2018 yilda ushbu kelishuvdan chiqishga qaror qilgan. Amerika ma’muriyatining amaldagi rahbari Jo Bayden bir necha bor AQSHni yadroviy kelishuvga qaytarishga tayyorligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron BMT

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing