BMT Bosh kotibi koronavirusga qarshi emlandi
Olam
−
29 yanvar 2021 2479 1 daqiqa
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish yangi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi.
"Men bugun COVID-19 ga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilganimdan xursandman va minnatdorman. Biz vaksina bilan hamma joyda barcha emlana olishi uchun ishlashimiz kerak. Ushbu pandemiya bilan barchamiz xavfsiz bo‘lmagunimizcha, hech birimiz undan qocha olmaymiz", deb yozgan Guterrish o‘zining Twitter'dagi sahifasida.
U qanday vaksina bilan emlanganiga aniqlik kiritmagan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar 102 mln 36 ming 438 nafarga yetgan. 2 mln 200 ming 957 kishi virus qurboni bo‘lgan.
Live
Barchasi