Ukrainada siam egizaklari tug‘ildi

Olam

image

Kecha, 28 sentyabrga o‘tar kechasi Ukrainaning Chernovsi shahrida siam egizaklari tug‘ildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Qizlarning bitta tanasi bor, lekin ikkita boshi bor.Tug‘ruqxona bosh shifokori Albert Kuritsinning ta’kidlashicha, shifokorlar bachadonda anormallik tashxisini qo‘ygan, ammo bemor homiladorlikni bekor qilishdan bosh tortgan. Sababi ayolning birinchi tug‘ishi edi.

Ayol Kiyevdagi klinikaga borishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi, ammo bolalar muddatidan oldin 33-haftada tug‘ildi. Kuritsin siam egizaklari juda kamdan-kam hollarda tug‘ilishini ta’kidladi.

"Men uzoq vaqt ishlagan bo‘lsam ham, bunday patologiya bilan shug‘ullanishimga to‘g‘ri kelmadi",  dedi Albert Kuritsin.

Hozir chaqaloqlar tug‘ruqxonada. Ular bolalar kasalxonasiga yotqizilishga tayyorlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ukrainada siam egizaklari tug'ildi

Baholaganlar

207

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing