Xitoy Ukrainadagi mojaro paytida “qo‘l qovushtirib o‘tirmaslikka” va’da berdi

Olam

image

Xitoy Hukumati bundan buyon Rossiya va Ukraina mojarolarini chetdan tomoshabin sifatida kuzatmoqchi emas. Bu haqda bugun, 18 iyul kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto bilan telefon orqali muloqot chog‘ida aytib o‘tdi.

“Mamlakatimiz Ukrainadagi inqirozli vaziyatga aloqador tomonlardan biri emas, lekin biz orqada o‘tirib, nima bo‘layotganini tashqaridan passiv kuzatish niyatida emasmiz”, degan Van I.

Vazir Pekin olovga yog‘ quymoqchi emas va tinchlik muzokaralarini qat’iyat bilan olg‘a surish niyatida ekanini ta’kidlagan.

Shu bilan birga, u “Ukraina inqirozining salbiy oqibatlari nafaqat Yevropaga, balki allaqachon butun dunyoga jiddiy zarba berganini aytgan. Shu munosabat bilan jahon hamjamiyati va manfaatdor tomonlarning har biri bunga jiddiy yondashishi kerak.

Ma’lumot uchun, Xitoy Rossiya va Ukraina o‘rtasida mojaro boshlangandan buyon juda ehtiyotkor pozitsiyani tutib kelayotgandi. Bir tarafdan Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olishi hamda himoya qilish tarafdori ekanligini aytish barobarida Rossiyaning Ukrainadagi bosqinchilik amaliyotini qoralamadi. Shu bilan birga Pekin ittifoqchisi Moskvaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda ham yordam ko‘rsatmadi. Endilikda "osmon osti" mamlakati vakillari mojaro bo‘yicha qanday harakat qilishi hozircha noma’lum.

Abdulvohid Yoqubov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy Ukrainada

Baholaganlar

808

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing