BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida O‘zbekistondan kim qatnashishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
19 Sentabr 2022
16485Joriy yilning 19–24 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Nyu-York shahrida tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining Umumiy munozaralarida nutq so‘zlaydi.
Shuningdek tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazadi hamda ko‘p tomonlama tadbirlarda ishtirok etadi.