BMT barcha gumanitar tashkilotlarni G‘azoga yordam berishga chaqirdi 

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi ichidagi va tashqarisidagi barcha yirik gumanitar tashkilotlarni o‘zida birlashtirgan Idoralararo doimiy qo‘mita qamalda qolgan G‘azo aholisiga yordam berishga chaqirdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Idoralararo doimiy qo‘mita 2023 yil 7 oktyabrda G‘azo sektoriga Isroil hujumlari boshlanganidan beri anklavda o‘n minglab tinch aholi halok bo‘lganiga e’tibor qaratgan. Yozma bayonotga ko‘ra, eksklav aholisi oziq-ovqat, ichimlik suvi, dori-darmon va yoqilg‘ining keskin tanqisligini boshdan kechirmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, eksklavdagi sog‘liqni saqlash tizimi qulash arafasida, ayni paytda 36 shifoxonadan faqat 12 tasi bazo‘r ishlayapti.

Hisobotda aytilishicha, G‘azo sektorida yuqumli kasalliklar tarqalmoqda, Isroil hujumlari oqibatida muhim infratuzilma vayron bo‘lgan. Ishlab chiqarish to‘xtagan. Har kuni bir million bola jarohat oladi.

“G‘azoda birorta ham xavfsiz joy yo‘q, gumanitar xodimlar ham katta xavf ostida. Biz insonparvarlik yordami tizimini saqlab qolishga chaqiramiz”, deyiladi bayonotda.

Unga ko‘ra, G‘azo sektorida zudlik bilan gumanitar o‘t ochishni to‘xtatish, tinch aholi va infratuzilmani himoya qilishni ta’minlash, mahbuslarni ozod qilish, barcha nazorat punktlari orqali insonparvarlik yordamini kiritish, gumanitar yordam tarqatayotganlarga xavfsizlik kafolatlarini berish, samarali ogohlantirish tizimini yaratish, Falastinlik qochqinlarga yordam agentligini mablag‘ bilan ta’minlash va BMT hamda boshqa nodavlat tashkilotlarga qarshi tuhmat kampaniyalarini to‘xtatish kerak.

Bayonotda, shuningdek, dunyo yetakchilari hozirgidan ham dahshatli tus olishi mumkin bo‘lgan falokatning oldini olishga chaqirilgan.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BMT G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing