BMT Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Butunjahon oziq-ovqat dasturi Afg‘onistonga bo‘lgan “ishonchsizlik” tufayli gumanitar yordam ko‘rsatishni vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

“Butunjahon oziq-ovqat dasturi Afg‘onistondagi vaziyat tufayli jo‘natilishi rejalashtirilgan  yordamlarni vaqtincha to‘xtatdi. Ammo tashkilot mamlakatdagi vaziyatni hisobga olgan holda Afg‘onistonda ishlashni davom ettirish niyatida”, deya ma’lum qilindi missiyada.

Shuningdek, tashkilot rasmiy vakili Kun Li Butunjahon oziq-ovqat dasturi xodimlarining xavfsizligi ta’minlangan taqdirda Afg‘onistondagi gumanitar missiya davom etishini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, Butunjahon oziq-ovqat dasturida Afg‘onistondagi vaziyatni  “gumanitar falokatning barcha belgilariga ega”, deya hisoblashadi. Ular, shuningdek, bugungi kunda har uchinchi afg‘onistonlik oziq-ovqat tanqisligidan qiynalayotganini ta’kidlagan. 
  
Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” BMTdan mamlakatda qolishni va gumanitar faoliyatni davom ettirishni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston BMT

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing