BMT Afg‘onistondagi vaziyatdan xavotir bildirdi

Olam

image

Afg‘onistonning ayrim viloyatlarida qishda havo harorati minus 25 darajagacha tushadi.  Bu haqda BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili o‘rinbosari Ramiz Alekperov ma’lum qildi.  

Uning qayd etishicha, qishki sovuqqa tayyorgarlik ko‘rish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 768 million dollar kerak.  

“Yil oxirigacha yana 614 million dollar kerak.  Biz yil davomida moliyalashtirish uchun kurashdik”, deydi Alekperov.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda taxminan 6 million afg‘on favqulodda darajadagi oziq-ovqat ta’minotidan aziyat chekmoqda. 2023 yilda Afg‘oniston aholisining uchdan ikki qismi (28 milliondan ortiq kishi) gumanitar yordamga muhtoj bo‘ladi.  

2021 yil 15 avgustda Afg‘onistonda Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng,  xalqaro moliyaviy yordam to‘xtatilishi fonida mamlakat iqtisodiyotiga qattiq zarba berildi. Bundan tashqari, ayollar va qizlar ko‘plab huquqlardan, jumladan, ta’lim olishdan ham mahrum bo‘lgan. Oqibatda minglab xotin-qizlar davlat muassasalari va xususiy sektorda ishsiz qoldi.  


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston BMT

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing