BMT Afg‘onistondagi ayollar muammosi yanvarda hal bo‘lishiga umid qilmoqda

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Tolibon” harakati bilan aloqalar davomida yanvar oyida ayollarning gumanitar tashkilotlarda ishlashini taqiqlash muammosini hal qilishga umid qilmoqda. Bu haqda kecha, 29 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari o‘rinbosari, gumanitar masalalar bo‘yicha koordinatori Ramiz Alakbarov ma’lum qildi. 

“Biz ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqish va insonparvarlik yordami ko‘rsatish uchun sharoit yaratish imkoniyatlarini qidirmoqdamiz. Bu qarorning oqibatlari allaqachon sezilmoqda", deydi u.  Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, BMT yanvar oyida ayollarning gumanitar tashkilotlar faoliyatida ishtirokini ta’minlash bo‘yicha yechimlar topishga e’tibor qaratadi.  

“Umid qilamanki, bir oy ichida natija bizga ayon bo‘ladi va vaziyatni to‘g‘irlash uchun choralar ko‘riladi”, deydi u. 

Alakbarovning tushuntirishicha, “Tolibon”ning ayollar mehnati borasidagi asosiy tashvishi hijob o‘rash qoidalariga rioya qilmaslikdir.  

“Ammo shunga o‘xshash me’yorlar amal qiladigan ko‘plab islomiy jamiyatlar bor, lekin ayollar mehnat qilib, jamoat ishlarida ishtirok etadilar”, deydi u. 

Diplomatning eslatishicha, gumanitar tashkilotlarda ayollarning ishlashini taqiqlash birinchi navbatda Afg‘oniston aholisiga ta’sir qiladi. 

Avvalroq, Afg‘oniston muvaqqat hukumatidagi Iqtisodiyot vazirligi barcha milliy va xalqaro nohukumat tashkilotlarga keyingi ogohlantirishgacha ayollarni ishdan chetlashtirishni buyurgan edi. Shuningdek, agentlik ushbu talabga rioya qilmagan tuzilmalarning litsenziyasini qaytarib olishi haqida ogohlantirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing