“Bloomberg” O‘zbekistonga taklif bilan chiqdi
Jamiyat
−
30 aprel 2019 7967 1 daqiqa
“Bloomberg” O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasiga hamkorlik qilishni taklif qildi. Bu haqda bugun Milliy matbuot markazida davlat statistika qo‘mitasi tashkil etgan tadbirda ma’lum qilindi, deb xabar berdi O‘zA.
“Bloomberg” AQSHning mashhur kompaniyalaridan bo‘lib, u moliyaviy axborotlarni yetkazib beruvchi jahondagi yetakchi ikki kompaniyaning biri hisoblanadi.
U moliya bozorining asosiy ishtirokchilariga moliyaviy yangiliklarni yetkazib beradi. “Bloomberg” Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan foydalanib, ularni o‘z “Bloomberg TV”, “Bloomberg Markets”, “Bloomberg Business Week” va boshqa manbalarida tarqatish niyatida ekanligini ma’lum qilgan.
Live
Barchasi