Dunyo iqtisodi koronavirusdan 5 trln dollar zarar ko‘radi – “Bloomberg”
Olam
−
09 aprel 2020
4481Yangi koronavirus pandemiyasi sabab dunyo iqtisodining umumiy zarari ikki yilda 5 trln dollarni tashkil etadi. “Bloomberg” agentligi shunday tahliliy ma’lumotlarni keltiryapti.
Nashring ta’kidlashicha, dunyo 1930-yillardan beri tinch davrda ilk bor chuqur tushkunlikka tushib qoladi. Bunga hukumatlarning xususiy biznesdan ishni to‘xtatib, uyda o‘tirishni so‘ragani sabab bo‘ladi. Ammo tushkunlik uzoq davom etmaydi.
Citigroup bank kompaniyasining bosh iqtisodchisi Ketrin Manning fikricha dunyo iqtisodiyoti koronavirus sabab 5 trln dollar zarar ko‘radi.
JPMorgan Chase banki mutaxassislari zararni 5,5 trln dollar deb baholayapti. Ular rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida inqiroz yuz berishini aytyapti.
Morgan Stanley banki ekspertlari rivojlangan davlatlarda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi inqirozdan oldingi darajasiga 2021 yilning uchinchi choragidagina yetib olishini aytmoqda.
Ma’lumot uchun, yangi koronavirus 2019 yil oxirida Xitoyning Uxan shahrida ilk bor qayd etilgandi. Keyinroq virus deyarli barcha davlatlarga tarqaldi. 11 martda esa Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi.
LiveBarchasi