Blokada xalqaro huquqqa zid – Venesuela

Olam

image

Venesuela AQSH Prezidenti Donald Trampning blokada haqidagi bayonotini xalqaro huquqni buzish sifatida qabul qilmoqda. Bu haqda Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodriges o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi. 

Rodrigesga ko‘ra, Trampning tabiiy resurslarni o‘g‘irlash haqidagi da’volari va blokada e’lon qilinishi xalqaro huquq, savdo va dengiz harakatlanish erkinligini buzadi.

Venesuela hukumati mamlakat suverenitetini, tabiiy resurslar ustidagi nazoratini va Karib dengizi hamda global okeandagi savdo va navigatsiya erkinligini himoya qilishini ta’kidlagan. 

Qayd etilishicha, Karakas barcha harakatlarini xalqaro huquq va BMT Nizomi doirasida amalga oshiradi va bu harakatlar blokada tahdidlariga qaramay davom etadi. Venesuelaning BMTdagi doimiy vakili bu “xalqaro huquqning jiddiy buzilishi”ekanligini aytib, uni qoralashini bildirgan.

So‘nggi oylarda AQSH Karib dengizi mintaqasiga qo‘shin va harbiy texnikalarni jamlagan, sentyabrdan boshlab esa Vashingtonning iddaosiga ko‘ra, narkotrafikka aloqador bo‘lgan kemalarga zarbalar bera boshlagan. Noyabr oxirida Tramp Venesuela ustidagi havo hududi yopilganini e’lon qilgan, biroq keyinroq bu mamlakatga zarba berilishi muqarrar degani emasligini aytgan.

Venesuela TIV buni kuch ishlatish bilan tahdid va BMT nizomini buzish sifatida baholagan hamda AQSHni Venesuela bilan mojaroga borishdan tiyilishga chaqirgan. 

Shu hafta Tramp Venesuela qirg‘oqlari yaqinida neft tashuvchi tanker qo‘lga olingani haqida ham aytgan edi. “The New York Times” ma’lumotiga ko‘ra, gap Skipper nomli tanker haqida bormoqda, u joriy yilning fevralidan iyuligacha Erondan Xitoyga qariyb 2 million barrel neft tashigan.

Tramp Maduro hokimiyati yakuniga yaqinlashayotganini aytgan. Venesuelada Qurolli kuchlarga safarbarlik e’lon qilingan, Maduro esa AQSHni tinchlikka chaqirmoqda. OAV ma’lumotiga ko‘ra, oktyabr oxirida Tramp venesuelalik yetakchi bilan suhbatda agar Maduro ixtiyoriy ravishda lavozimini tark etmasa, kuch ishlatishga tayyor ekanini bildirgan.

Moskva Karakasni qo‘llab-quvvatlamoqda va Tramp ma’muriyatini Venesuela bilan to‘liq miqyosli mojaroga chuqur kirishmaslikka chaqirmoqda. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 11 dekabr kuni Maduro bilan telefon orqali gaplashgan. Kreml xabariga ko‘ra, tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Venesuela Donal'd Tramp Delsi Rodriges

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing