Bloger Doniyor Qayumov javobgarlikka tortildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 1 yanvar kuni taniqli bloger Doniyor Qayumov tengqur do‘stlari bilan ko‘p qavatli uylar yonida pirotexnika vositalaridan foydalanayotganini videoga olib, uni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan. Ushbu holat soat 05:00 atrofida sodir bo‘lgan va odamlarning xotirjamligini buzgan. 

Shundan so‘ng, pirotexnika vositalarining ishlatilishi yuzasidan huquq-tartibot organlariga aholidan murojaat kelib tushgan. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan tekshirish olib borib, odamlarni tinchini buzgan bezorilarni aniqlagan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida jamoat tinchligini buzgan shaxslar kimligi aniqlangan. 

Yoshim 22 da. 1 yanvar kuni soat tonggi 4:30 da. Odamlarning kayfiyatini ko‘tarish va Yangi yil bilan tabriklash uchun qilingan narsa edi. Bunaqa bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Kechqurun salyut otib, odamlarni, qariyalarni, kasal odamlarni tinchligini buzganimiz uchun – boshqa qaytarilmaydi – uzr so‘raymiz”, deydi blogerning o‘zi.  

Blogerning do‘sti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ikkiovlon pirotexnika vositalarini Yunusoboddan 300 mingga sotib olgan. 

Qayd etilishicha, bloger va uning sheriklari ham aynan pirotexnika vositalari portlatilgan hududda istiqomat qilgan. 

Ushbu shaxslar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 185-1-moddasi bilan javobgarlikka tortildi.
 
Ma’lumot uchun, mazkur modda bilan javobgarlikka tortilganlar bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.

Munira Tursunova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1170

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing