Bloger “Dili me”ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Dili me” taxallusi bilan tanilgan bloger Dilshod Nazarov qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 23 yanvar kuni bloger Dilshod Nazarov sheriklari bilan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan fuqaro P.A.ni urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi bir necha marotaba chaqirtirilishiga qaramasdan tergovga kelishdan buyin tovlab kelgan. Shu sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. 

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida bloger 10 mart kuni ushlanib, tergovga jalb qilingan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat ishi Dilshod Nazarov Dili me

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing