Blinkenning yordamchisi O‘zbekistonga keldi

Jamiyat

image

AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. Bu haqda bugun, 7 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

“Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston va AQSH Strategik sheriklik muloqotining uchinchi yig‘ilishi davomida hamkorligimizning keng kun tartibini muhokama qildik va ustuvor sohalar, ayniqsa, mintaqaviy iqtisodiy farovonlikni ta’minlashga qaratilgan yo‘nalishlarni belgilab oldik”, deb yozgan vazir Saidov.

Ma’lumot uchun, Donald Lu boshligidagi AQSH delegatsiyasi o‘tgan yilning may oyida ham O‘zbekistonga kelgan. O‘shanda u shu paytdagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov bilan uchrashgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Davlat departamenti Donald Lu Qozog‘iston, O‘zbekiston va Hindistonga safar qilishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston Baxtiyor Saidov Donal'd Lu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing