Blinken Van I bilan uchrashdi. AQSH Xitoy bilan murosa yo‘lini tanlaydimi?

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ikki mamlakat o‘rtasida kelishmovchiliklar hamda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda AQSH departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Miller ma’lum qildi.

"Blinken va Van I mintaqaviy va global muammolarni, jumladan, [ikki tomonlama] farqlar mavjud bo‘lgan sohalarni ko‘rib chiqish hamda hamkorlik sohalarini mustahkamlashni muhokama qildi. Davlat kotibi AQSH o‘zi hamda ittifoqchilari va sheriklarining manfaatlari va qadriyatlarini himoya qilishda davom etishini yana bir bor tasdiqladi", deydi diplomat. 

Millerning aytishicha, uchrashuv ochiq aloqa liniyalarini saqlash va AQSH-Xitoy munosabatlarini mas’uliyatli boshqarish bo‘yicha davom etayotgan sa’y-harakatlarning bir qismi sifatida o‘tkazilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, suhbat chog‘ida Blinken Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashining sobiq bosh vaziri Li Ketsyanning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan. Ikki davlat tashqi ishlar idoralari rahbarlarining muzokaralari bugun, 27 oktyabr kuni ham davom etadi.

Miller avvalroq Blinken va Van I Shimoliy Koreyaning "qadamlari"ni muhokama qilmoqchiligini aytgan edi. Biroq u Pxenyan kontekstida aynan qanday masalalar muhokama qilinishiga aniqlik kiritmagan.

Shuningdek, Van Ining AQSHga tashrifining batafsil dasturi e’lon qilinmagan. Xitoy TIVning ma’lum qilishicha, Van I 26-28 oktyabr kunlari AQSHda bo‘ladi. Xuddi shu sanalardagi uchrashuvlar davlat departamenti tomonidan ham tasdiqlangan. Avvalroq AQSH hukumati Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bugun, 27 oktyabr kuni Oq uyda Van I bilan uchrashishini ma’lum qilgan edi. Biroq XXR Tashqi ishlar vazirligi rahbari bilan uchrashuv Prezident Jo Baydenning bugungi ish jadvalida ko‘rsatilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Entoni Blinken Van I

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made