Blinken O‘zDJTUda. U talabalar bilan nimalarni gaplashdi?

Olam

image

Ingliz tili ko‘p jihatdan Qo‘shma Shtatlarning boshqa mamlakatlarga qiladigan eng muhim eksportidir. Bu fikr bugun, 1 mart kuni hozirda O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan tadbirda bildirildi.

“Biz O‘zbekistonda nafaqat ingliz tili ta’limi, balki o‘qituvchilarga ingliz tilini o‘rgatish uchun kelganmiz. O‘ylaymanki, shu kunga qadar biz 15 mingga yaqin o‘qituvchini tayyorlaganmiz. Hozirda O‘zbekistonda 10 mingga yaqin maktabda ingliz tili darsliklari mavjud. Ko‘p jihatdan ingliz tili, AQSHdan boshqa mamlakatlarga eksport qilinadigan eng muhim mahsulotdir”, degan AQSH diplomatiyasi rahbari.

Shuningdek, Blinken o‘z Twitter sahifasida AQSHning Toshkentdagi elchixonasi ingliz tilini o‘qitishga, xususan, o‘qituvchilar malakasini oshirishga 25 million dollardan ortiq sarmoya kiritganini qayd etgan.

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida Blinken talabalar bilan agar mamlakat rahbari bo‘lib qolishsa, qanday ishlar qilishi haqida suhbatlashgan. Davlat kotibi uchrashuvda “juda yaxshi g‘oyalar” eshitganini aytib, ularning bir qismini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan baham ko‘rishga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, Entoni Blinkenning Toshkentga tashrifi rasmiy tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bilan muzokaralardan boshlangandi. Keyinchalik u Hazrati Imom majmuasiga ham borgandi. Tashrif doirasida Prezident Mirziyoyev ham uni qabul qilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing