Blinkenning O‘zbekistonga tashrifi rasmiy tadbirlari boshlandi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, kecha, 28 fevral kuni AQSH davlat kotibi Entoni Blinken ilk bor O‘zbekistonga keldi. 

Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 1 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Bugun erta tongdan poytaxt Toshkentda AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov o‘rtasida muzokaralar boshlandi. 

Ushrashuv avvalida ikki davlat tashqi idoralari rahbarlari mamlakat bayroqlarida oldida suratga tushdilar. 

Delegatsiyalar ishtirokidagi uchrashuvning dastlabki daqiqalari ommaviy axborot vositalari uchun ochiq bo‘ldi. So‘ng mavqedoshlar muloqotni yopiq eshiklar ortida davom ettirdi. 

Tashrif doirasida Blinken O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing