Blinken O‘zbekiston rahbariyatiga maktub yo‘lladi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan mamlakat rahbariyatiga tabrik maktubini yo‘lladi. 

“Amerika Qo‘shma Shtatlari nomidan 1 sentyabr kuni mustaqillik, suverenitet, va mintaqaviy yaxlitlikning 31 yilligini nishonlayotgan O‘zbekiston xalqini muborakbod etaman”, deb boshlanadi Davlat kotibining maktubi.

U O‘zbekistonni qimmatli hamkor, deb atab, Markaziy Osiyoning strategik avtonom maqomini ta’minlashda, shuningdek C5+1 diplomatik platformasida muhim rol o‘ynashini urg‘ulagan. 

“Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning islohotlar rejasini qo‘llab-quvvatlaydi hamda inson huquqlari, shuningdek asosiy shaxsiy erkinliklarni himoya qilish va rivojlantirish yo‘lidagi uning irodasini yuqori baholaydi. 

Biz O‘zbekistonning Metan emissiyasini kamaytirish bo‘yicha global majburiyat to‘g‘risidagi tashabbusni ma’qullovchi qarorini nihoyatda olqishlaymiz va uning ekologik toza energiyaga o‘tishini qo‘llab-quvvatlashga umid bildiramiz”, deydi Blinken.

AQSH tashqi diplomatiyasi yetakchisiga ko‘ra, Vashington COVID-19 ga qarshi kurashda Toshkent bilan yaqin hamkorlik qilayotganidan va yaqinda COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga ikki million dozada vaksina yuborganidan mamnun. 

“Ushbu qadrli kunda, men chin dildan yana bir bor Qo‘shma shtatlarning O‘zbekiston bilan do‘stligini ta’kidlashni istayman va uning xalqiga kelasi farovon bo‘lishini tilab qolaman”, deb maktubini yakunlagan AQSH Davlat departamenti rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Entoni Blinken

Baholaganlar

359

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing