Blinken Ukraina atrofidagi mojaroni hal qilish yo‘lini aytdi

Olam

image

Ukraina atrofidagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal qilish mumkinligicha qolmoqda. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning matbuot anjumanida aytishicha, buning birgina yo‘li bor.

Diplomatning ta’kidlashicha, Moskva Ukraina bilan chegaralardan qo‘shinlarni olib chiqib ketish orqali mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga tayyorligini ko‘rsatishi mumkin.

“U [Rossiya] keskinlashmasligi kerak, deeskalatsiya qilishi kerak”, dedi Blinken.

Shu bilan birga, u Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi xavfi darajada yuqori ekanini va AQSHning Kiyevdagi elchixonasi xodimlari mamlakatni tark etishi to‘g‘risidagi buyruqni kechiktirib bo‘lmasligini aytdi. Shunga qaramay, diplomatik missiyaning asosiy xodimlari Ukrainada qoladi.

Ukraina atrofidagi vaziyat kun sayin keskinlashmoqda. AQSH va G‘arb davlatlari Rossiyani bosqinga tayyorlanishda ayblab kelyapti.AQSH Preziidenti Bayden shaxsan o‘zi Moskva 16 fevral kuni hujum boshlashini aytdi. 30 dan ortiq davlatlar fuqarolaridan Ukrainaga bormaslikni so‘ramoqda. AQSH Kiyevdagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilishni boshlagan.

O‘z navbatida, Moskva Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi ayblovlarni rad etmoqda. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya urush holatida emasligini va Ukraina bilan urush qilish niyatida emasligini aytmoqda. Vazir, shuningdek, AQSH va uning ittifoqchilarini Rossiyaga qarshi “tashviqot kampaniyasi” boshlaganlikda ayblab, bunday harakatlar Kiyevni mamlakat sharqidagi vaziyatni harbiy yo‘l bilan hal qilishga undashidan ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Entoni Blinken

Baholaganlar

497

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing