Blinken mojarolar fonida 4-marta Isroilga boradi
Olam
−
26 noyabr 2023
5014AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Yaqin Sharqdagi mojaro keskinlashgandan beri Isroilga to‘rtinchi tashrifini amalga oshirishi kutilmoqda. Bu haqda “The Jerusalem Post” gazetasi xabar berdi.
Nashrning bugun, 26 noyabr kuni ma’lum qilishicha, Entoni Blinkenning Isroilga tashrifi yangi hafta o‘rtalarida bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 12 oktyabr kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Yaqin Sharq bo‘ylab safarini Isroildan boshlab, Iordaniya, Qatar, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Misrga ham borgan va shu davlatlarning rasmiylari bilan Isroil-Falastin masalasini muhokama qilgandi. Arab davlatlariga qilgan safaridan so‘ng, Entoni Blinken 16 oktyabr kuni Isroilga qaytib borgan.
Shuningdek, Blinken 3 noyabr kuni Yaqin Sharqdagi vaziyat fonida uchinchi marta Isroilga borib, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu, Prezident Isxaak Gersog va boshqa rasmiylar bilan uchrashgandi.
Blinken unda Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroilga G‘azo sektoridagi falastinlik tinch aholi o‘rtasidagi talofatlarni minimallashtirishga qaratilgan "aniq qadamlar"ni taklif qilganini bildirgandi.
LiveBarchasi