Blinken Lavrov raisligidagi BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishiga kelmadi
Olam
−
24 aprel 2023
13736AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va G‘arb davlatlari Tashqi ishlar vazirlari Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov raisligida o‘tayotgan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etmayapti. Bu haqda TASS xabar berdi.
Aytilishicha, uchrashuvda AQSHdan BMTdagi doimiy vakil Linda Tomas-Grinfild lishtirok etmoqda. Buyuk Britaniya va Fransiyadan ham BMTdagi doimiy vakillar qatnashmoqda.
Shuningdek, yig‘ilishda BAA Davlat vaziri Xalifa Shoxin al-Marar, Gabon Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Erman Immongo, Gana Tashqi ishlar va mintaqaviy integratsiya vaziri o‘rinbosari Tomas Mbomba, Kuba Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Xerardo Penalver Portal ishtirok etmoqda.
LiveBarchasi