Blinken Kiyevdagi tungi klubda qo‘shiq kuyladi (video)
Olam
−
15 may
8331AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevga safari chog‘ida mahalliy klublardan birining sahnasida kanadalik xonanda Nil Yangning qo‘shig‘ini ijro etdi. Bu haqda “ The Washington Post” xabar berdi.
Blinken kecha, 14 may kuni kechqurun Kiyev musiqa klubiga kelgan va u yerda mahalliy guruhlardan biri bilan sahnada chiqish qilgan. Videolavhalarga ko‘ra, AQSH Davlat kotibi musiqachilar bilan birga Nil Yangning 1989 yilda Berlin devori qulashi arafasida yaratilgan "Rockin' in the Free World" qo‘shig‘ini gitarada ijro etgan.
AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati bayonotiga ko‘ra, Blinken o‘z nutqi boshlanishidan oldin yig‘ilganlarga murojaat qilib, "og‘ir vaqtlar" davom etayotganini aytgan. Shu bilan birga, u Ukraina harbiylari "aql bovar qilmaydigan azob-uqubatlarni" boshdan kechirayotganini ta’kidlab, Qo‘shma Shtatlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor takrorlagan.
Eslatib o‘tamiz, Kiyevga tashrifi chog‘ida Blinken Ukraina tomoniga G‘arbdan ko‘proq yordam berishni va’da qilgan va “kelgusi haftalar va oylar ukrainaliklardan ko‘p narsani talab qilishini” aytgan edi.