Blinken Xitoy rasmiysi bilan Ukrainadagi vaziyat haqida gaplashdi
Olam
−
31 Oktabr 2022
3283AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I kecha, 30 oktyabr kuni telefon orqali suhbatlashdi. Unda AQSH diplomatiyasi rahbari Ukraina mavzusini ko‘tardi, shuningdek, Vashington va Pekin o‘rtasida ochiq aloqa kanallarini saqlab qolish zarurligini muhokama qildi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Praysning yozma bayonotida aytiladi.
“Davlat kotibi ochiq aloqa yo‘nalishlarini saqlab qolish va Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni mas’uliyat bilan yo‘lga qo‘yish zarurligini muhokama qildi”, deyiladi matnda.
Bundan tashqari, Blinken global xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlik nuqtai nazaridan Rossiyaning Ukrainada davom etayotgan harbiy bosqini masalasini ko‘targan.
Qayd etilishicha, Amerika tashqi siyosat departamenti rahbari Gaitidagi vaziyatga ham to‘xtalib, Gaiti xalqini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muvofiqlashtirilgan harakatlarni davom ettirish zarurligini ta’kidlagan.
LiveBarchasi