Blinken Fidan bilan Ukraina va G‘azo sektoridagi vaziyatni muhokama qildi

Olam

image

AQSH va Turkiya tashqi ishlar idoralari rahbarlari Vashingtonda bir qator strategik masalalar yuzasidan muzokaralarni boshladi. Bu haqda “Amerika ovozi” xabar berdi.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidanni ofisida mehmon qildi. An’anaga ko‘ra, Blinken va Fidan matbuot uchun bayonot berdi.

AQSH Davlat kotibi Turkiya rahbariyatiga “Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishiga olib kelgan” muhim ishlar uchun minnatdorlik bildirdi va “ikki davlat ham ko‘plab muammolarga duch kelayotgan bir paytda AQSH va Turkiya juda yaqin va muhim ittifoqchilar” ekanini ta’kidladi.

Amerika Tashqi siyosat departamenti rahbari “Rossiyaning Ukrainada davom etayotgan tajovuzi davomida Turkiyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdagi roli hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini” ta’kidladi.

Shuningdek, Blinken "har ikki davlat ham Yaqin Sharqdagi, xususan, G‘azo sektoridagi mojaroga e’tibor qaratganini" va "har ikki tomon ham urushda qo‘lga olingan begunoh ayollar, bolalar va erkaklar azobini minimallashtirish va tugatish istagida ekanini" ta’kidladi.

Isroilning HAMASga qarshi urushi bilan bog‘liq tashabbuslar haqida gapirar ekan, Entoni Blinken bir kun avval AQSH Prezidenti Jo Bayden tomonidan e’lon qilingan sektor aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha "dengiz tashabbusi"ni esladi.

“Biz gumanitar yordamni kengaytirish va mojaroni barqaror hal etish yo‘lida ishlash uchun shart-sharoit yaratish orqali o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilishga erisha olamizmi, degan masalaga e’tibor qaratmoqdamiz. Va bu yerda muammo HAMASda”, degan Davlat kotibi HAMAS hammaga manfaatli bo‘lgan sulh o‘rnatishga qaror qiladimi yoki yo‘qmi, degan savolga javoban. 

O‘z navbatida, Turkiya Tashqi ishlar vaziri amerikalik mavqedoshiga Prezident Bayden va Prezident Erdo‘g‘an tomonidan 2021 yilda tashkil etilgan “Strategik mexanizm”ning yettinchi yig‘ilishini o‘tkazish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar “keng ko‘lamli masalalar: xavfsizlik va mintaqaviy hamkorlik, savdo va energetika bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan”.

Xoqon Fidan Entoni Blinkenning "G‘azodagi og‘ir vaziyat o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azo ichidagi gumanitar yordamlarning to‘siqsiz yetkazilishini ta’minlash uchun xalqaro hamjamiyatning shoshilinch e’tiborini talab qilmoqda" degan bayonotini qo‘llab-quvvatladi.

Fidan "Qora dengizdagi xavfsizlik muzokaralardagi asosiy masalalardan biri bo‘lib qolayotganini" alohida ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya Entoni Blinken Xoqon Fidan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing