Blinken ertaga Isroilga boradi

Olam

image

Ertaga, 12 oktyabr kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Isroilga boradi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.

“Ertaga men Isroilga borib, isroillik hamkorlarimiz bilan u yerdagi vaziyat bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilaman, shuningdek, ularning terrorchilik hujumlariga qarshi kurashini qanday davom ettirishimiz mumkinligini muhokama qilaman. Bizning Isroilni qo‘llab-quvvatlashimiz o‘zgarmasdir”, deb yozgan Blinken.

O‘z navbatida, AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller Blinkenning tashrifi birdamlik va qo‘llab-quvvatlash signali bo‘lishini aytdi.

Millerning so‘zlariga ko‘ra, tashrif chog‘ida AQSH Davlat kotibi Isroilni qanday qilib qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishni muhokama qiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Charlz Braun Eronni Isroildagi mojaroga aralashishi oqibatlaridan ogohlantirgandi. NBC telekanali esa Amerika ma’muriyati Ukraina uchun qo‘shimcha moliyalashtirish va Isroilga yordam so‘rovlarini birlashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini xabar qildi. Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi esa AQSH Isroil va Falastin o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda ishtirok etish uchun qo‘shin yuborish niyatida emasligi, biroq Isroilga harbiy yordam yetkazib berishni boshlagan va yaqin kunlarda qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing