Blinken Erdo‘g‘an bilan uchrashgani Turkiyaga keldi
Olam
−
20 fevral 2023
5689Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 20 fevral kuni AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenni qabul qildi. Bu haqda Turkiya Prezidenti idorasi xabar berdi.
“Qabul poytaxtning “Esenbo‘g‘a” ayeroportining ommaviy axborot vositalari uchun yopiq katta faxriy zalida bo‘lib o‘tmoqda”, deydi manba.
Bugun ertalab respublikaga ilk tashrifi chog‘ida Blinken Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ularda respublikadagi zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish, Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizalari, Ukrainadagi mojaro va ikki tomonlama masalalar muhokama qilingan.
Kecha, 19 fevral kuni Blinken AQSH harbiylari xizmat qilayotgan Adana viloyatidagi Incirlik havo bazasiga yetib keldi. TIVdagi manbaning ma’lum qilishicha, o‘sha kuni Chavusho‘g‘li va Blinken Turkiya janubi-sharqidagi zilziladan jabr ko‘rgan hududlarni aylanib chiqqan.
LiveBarchasi