Blinken Aliyevdan Lochin yo‘lagini ochishni so‘radi
Olam
−
01 may 2023
7329Kecha, 30 aprel kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog‘ida Blinken Lochin yo‘lagining xususiy transport vositalari uchun tezroq ochilishi muhimligini ta’kidlab, unda nazorat punkti tashkil etilishidan xavotir bildirdi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Mettyu Miller bayonotida aytildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Blinken Aliyev bilan Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari muhimligini ta’kidlash uchun gaplashgan va bundan keyin ham Qo‘shma Shtatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini va’da qilgan. Blinken tinchlikka erishish mumkinligiga ishonch bildirgan.
“Shuningdek, u Ozarbayjonning Lochin yo‘lagida nazorat-o‘tkazish punkti tashkil etishi tinchlik jarayoniga ishonchni o‘rnatishga urinishlarga putur yetkazayotganidan Qo‘shma Shtatlarning chuqur xavotirini bildirdi hamda Lochin yo‘lagini tijorat va xususiy transport vositalari uchun imkon qadar tezroq ochish muhimligini ta’kidladi”, deydi Miller.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Blinken Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan ham telefonda gaplashgan edi. Kecha, 30 aprel kuni esa Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlari ikki davlat o‘rtasida “Tinchlik shartnomasi” loyihasi bo‘yicha navbatdagi muzokaralar o‘tkazish uchun Vashingtonga uchib ketgandi.
LiveBarchasi