Blinken Aliyev bilan Ozarbayjon va Armaniston orasidagi tinchlik masalasini muhokama qildi
Olam
−
17 Sentabr
1521Kecha, 16 sentyabr kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat departamenti va Prezident matbuot xizmatlari xabar berdi.
Telefon orqali suhbat chog‘ida Entoni Blinken Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida barqaror tinchlikka erishish muhimligini ta’kidladi. Uning aytishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari bu maqsadga erishish uchun sa’y-harakatlarini davom ettiradi.
Blinken Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi chegarani delimitatsiya qilish sohasida erishilgan yutuqlar, jumladan, 2024 yil 30 avgustda chegarani delimitatsiya qilish komissiyalarining birgalikdagi faoliyati to‘g‘risidagi Nizom imzolanganini ijobiy qadam sifatida baholadi.
Prezident Ilhom Aliyev Entoni Blinkenga mintaqada allaqachon tinchlik o‘rnatilganini ma’lum qildi. Davlat rahbari Ozarbayjonning sa’y-harakatlari natijasida mintaqada adolat va xalqaro huquqqa asoslangan yangi voqelik va status-kvo vujudga kelganini alohida ta’kidladi.
Prezident Ilhom Aliyev Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi tashabbuskori uning mamlakati ekanini ta’kidladi. Ushbu shartnomani imzolash uchun davlat rahbari Armanistonning Konstitutsiya va boshqa qonun hujjatlari asosida Ozarbayjonga nisbatan hududiy da’volaridan voz kechishi, shuningdek, o‘tmish qoldig‘i bo‘lgan YeXHT Minsk guruhi va unga aloqador barcha institutlar faoliyatini to‘xtatish muhimligini aytdi.
Chegaralarni delimitatsiya qilish masalasiga kelsak, Prezident Ilhom Aliyev ikki tomonlama jarayon doirasida erishilgan ijobiy natijalarni qayd etib, bu jarayon Nizom asosida amalga oshirilishini qo‘shimcha qildi.
Telefon muloqoti chog‘ida Ozarbayjonda COP29 o‘tkazish masalasi ko‘tarildi. Blinken Qo‘shma Shtatlar Ozarbayjonni COP29 ni muvaffaqiyatli o‘tkazishda qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, AQSH va Ozarbayjon jamoalari va delegatsiyalari yaqindan hamkorlik qilmoqda. Bu hamkorlikdan mamnunligini bildirgan Ilhom Aliyev, CRA doirasida iqlim moliyasiga oid muhim qarorlar qabul qilinishi borasida, ayniqsa rivojlangan davlatlar tomonidan konsensusga erishishga umid qilishini bildirdi.
Shuningdek, Ozarbayjon va AQSH o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashildi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr