Blinken AQSHning eng yaqin do‘stini ma’lum qildi 

Olam

image

AQSH va Germaniya eng yaqin sheriklar, ular transatlantik alyansni birgalikda mustahkamlashda davom etadi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qilgan.  

“Dunyoda AQSHning Germaniyadan yaxshiroq sherigi, do‘sti yo‘q”, degan Blinken. 

Uning ta’kidlashicha, biron bir mamlakat bugungi qiyinchiliklarga o‘zi mustaqil qarshi tura olmaydi. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Vashington va Berlin o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab sohalarda, xususan iqlim o‘zgarishi yoki kiberhujumlar masalasida o‘z aksini topgan. Ikki mamlakat bir-biri bilan ham, boshqalar bilan ham hamkorlik qilish yo‘llarini topish kerakligini tan oladi. 

O‘z navbatida Germaniya kansleri Angela Merkel AQSHning xalqaro maydonga global o‘yinchi sifatida qaytganidan mamnunligini bildirgan. Merkelning ta’kidlashicha, u yaqinda AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan G7 va keyinchalik NATO sammitida umumiy pozitsiyani topa olgan. 

Kansler o‘zaro almashinuvlar Baydenning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi natijalarini hisobga olgan holda ham davom etishini ta’kidlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken 23-24 iyun kunlari Berlinga tashrif buyurgan. Bu Davlat departamenti rahbarining Yevropaga birinchi ikki tomonlama tashrifidir. 

Joriy yilning 15 iyul kuni esa Jo Bayden Angela Merkelni o‘z qarorgohida qabul qilishi rejalashtirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Blinken

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing