Blanshetdan tortib Siddiqagacha. Yil ayollari reytingi tuzildi
Bu qiziq
−
04 mart 2023
6249Amerikaning “Time” jurnali an’analarga sodiq qolgan holda 2023 yilning 12 nafar ayoli reytingini e’lon qildi. Reytingda nomi keltirilgan ayollar butun dunyo bo‘ylab inson huquqlaridan tortib san’at va sportga oid loyihalari orqali jamoatchilikka sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu reyting joriy yilning 2 mart kuni nashr saytida e’lon qilindi.
Yil ayollari sifatida tanlangan ro‘yxatda somalilik bokschi va qochoqlar huquqlari faoli Ramla Ali, amerikalik aktrisa va “Oskar” mukofoti sovrindori Anjela Bassett, “Insight” ayollarni qo‘llab-quvvatlash tashkiloti asoschisi Olena Shevchenko, hind qo‘shiqchisi Fib Bridjers, pokistonlik eko-faol Oysha Siddiqa kiritilgan.
2023 yil ayollari:
Keyt Blanshett – aktrisa;
Oysha Siddiqa – pokistonlik ekofaol;
Masih Alinajot – eronlik jurnalist;
Fibi Brijers – qo‘shiqchi;
Veronika Kruz Sanches – meksikalik jamoatchilik faoli;
Aniel Franku – Braziliya irqiy tenglik vaziri;
Megan Rapino – amerikalik futbolchi;
Ramla Ali – kelib chiqishi somalilik, AQSHda yashovchi bokschi;
Anjela Basset – aktrisa
Makiko Ono – tadbirkor ayol;
Olena Shevchenko – ukrainalik ekofaol va huquq himoyachisi.
LiveBarchasi